2018-yilning fevralida Janubiy Koreyaning Pxenchxanida bo‘lib o‘tadigan qishgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sharafiga chiqariladigan yangi qog‘oz pul dizaynini e’lon qildi.

Biroq jamoatchilikning fikricha, yangi kupyura ko‘pchilikka unchalik ham ma’qul kelmagan.

Koreya Bankining rasmiy press-relizida keltirilishicha, yangi kupyura 2000 von (1 dollar 70 sent atrofida) qiymatda chop etiladi. Banknotaning bir tomonida ikki konki uchuvchisi, orqa fonda – xokkey, kyorling va biatlonist tasviri tushirilgan. Ikkinchi tomonida esa Koreyaning an’anaviy ramzlaridan biri bo‘lgan yo‘lbars tasvirlangan. Pulni ishlab chiqaruvchilar fikricha, sportchilar tasviri Olimpiya o‘yinlarining sport ruhini ifodalaydi, yo‘lbars esa Tonggi musaffolik yurti madaniy yodgorligi ramzidir.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, kupyura kelgusi yilning oxiridan ishlab chiqarila boshlanadi. Jami bo‘lib 2 million 800 ming dona chop etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, talabga qarab bu son ortishi yoki kamayishi mumkin.