Hyong (형]) – aka. Uka akaga, shuningdek, ish jamoasining kichik a’zosi kattalarga murojaat qilishda (norasmiy ravishda) ishlatiladi. “Nim” (님) hurmat qo‘shimchasi qo‘shilishi ham mumkin.

Oppa (오빠) – aka. Ayollar o‘z akasiga yoki o‘zidan kattaroq erkaklarga (norasmiy ravishda) murojaat qilishda ishlatiladi.

Onni (언니) – opa. Ayollar o‘z opasiga yoki boshqa yoshi kattaroq ayollarga nisbatan ishlatadi.

Nuna (누나)- opa. Uka o‘z opasiga nisbatan qo‘llaydi. Boshqa katta yoshli qizlarga nisbatan unchalik ko‘p qo‘llanilmaydi.

Ajoshshi (아저씨) – amaki. Begona (qarindosh amaki emas) erkaklarga nisbatan hurmat bilan murojaat qilishda.

Ajumma (아줌마) – xola. Begona (qarindosh bo‘lmagan) ayollarga nisbatan hurmat bilan murojaat qilishda.

Agashshi (아가씨]) – o‘zbek tilidagi “yaxshi qiz”, inglizchada miss muqobili.

Sonbe (선배) – ish, o‘qishda kattaroq yoshlilarga nisbatan. Ish joyida lavozimi, mavqeyi balandroq kishilarga nisbatan “nim” (님) qo‘shimchasi qo‘shilishi maqsadga muvofiq. Yaponchadagi sempay so‘zi ham ishlatiladi.

Uka, singil yoki kollektivning kichik yoshli a’zolariga nisbatan biror maxsus murojaat ishlatilmaydi. Odatda ular ismi bilan chaqiriladi.