Janubiy Koreyadagi istiqomat qilayotgan chet elliklar soni 2016 yil yakuniga ko‘ra 2,049,441 kishi (1,117,206 nafar erkak, 932,235 nafar ayol)ni tashkil qilib, Koreya aholisining 4 foizini tashkil kiladi. 2007 yilda 1 mln.dan oshgan chet elliklar soni 9 yilda ikki barobarga ko‘paydi. Bunda o‘zbekistonliklar soni 54,490 (36,502 nafar erkak, 17,988 nafar ayol) nafarni tashkil qilib, chet elliklarning 2.65 foizini tashkil etadi. Umumiy soni buyicha O‘zbekistonliklar, Xitoy, Vyetnam, AQSH, Tailand va Fillipindan keyin 6 o‘rinda turadi.

2016 yil yakuniga ko‘ra Janubiy Koreyadagi o‘zbekistonliklar soni:

Viza turlari Erkak Ayol Jami
Noprofessonal mehnat (E-9) 15,377 277 15,654
Ish yuzasidan tashrif, koreyslarga (H-2) 9,194 7,761 16,955
Xorijlik koreyslar (F-4) 3,703 3,498 7,201
Qisqa muddatli tashrif(C-3) 2,219 824 3,043
Oilaviy tashrif (F-1) 1,897 2,242 4,139
Xorijlik talaba (D-2) 1,047 360 1,407
Turizm (B-2) 897 78 975
Til kursida o‘qish (D-4) 867 158 1,025
Boshka turlar (G-1) 315 54 369
Sanoat amaliyoti (D-3) 287 3 290
Rezidentlik (F-2) 134 145 279
Oila azolar (F-3) 132 243 375
Doimiy rezidentlik (F-5) 111 764 875
Professonal mehnat (E-7) 90 13 103
Koreya fuqarosi bilan oila qurish (F-6) 74 1,492 1,566
Ish qidirish (D-10) 50 7 57
Korporativ investor (D-8) 23 6 29
Xalqaro savdo (D-9) 23 4 27
Ilmiy tadqiqot (E-3) 8 1 9
Professorlik (E-1) 5 3 8
Boshqalar 49 55 104
Jami 36,502 17,988 54,490

2016 yilning yanvar-dekabr oylarida O‘zbekistondan Janubiy Koreyaga tashrif buyurganlar soni:

Viza turlari Erkak Ayol Jami
Turizm (B-2) 1,147 259 1,406
Qisqa muddatli tashrif (C-3) 712 350 1,062
Ish yuzasidan tashrif, koreyslarga (H-2) 368 353 721
Noprofessonal mehnat (E-9) 337 5 342
Xorijlik koreyslar (F-4) 129 192 321
Til kursida o‘qish (D-4) 119 25 144
Oilaviy tashrif (F-1) 79 115 194
Rezidentlik (F-2) 15 3 18
Xorijlik talaba (D-2) 10 6 16
Doimiy rezidentlik (F-5) 10 25 35
Boshqa turlar (G-1) 3 2 5
Ish qidirish (D-10) 2 0 2
Professonal mehnat (E-7) 2 1 3
Oila azolar (F-3) 2 3 5
Koreya fuqarosi bilan oila qurish (F-6) 2 56 58
Xalqaro savdo (D-9) 1 0 1
Ilmiy tadqiqot (E-3) 1 0 1
Samalyot ekipaji 266
Boshqalar 8 2 10
2,947 1,397 4,610

Hozirgi kunda 200 mingdan ortiq chet ellik Koreyada noqonuniy yashab kelmokda, migration.uz saytining xabar berishicha O‘zbekistondan noprofessonal mehnat shartnomasi bilan kelganlarning qariyb 3000 nafari Koreyada noqonuniy qolib ketgan. O‘zbekistondagi Koreya elchixonasida viza bermasligining asosiy sabablaridan biri Koreyada noqonuniy qolib ketish xavfining borligidir. Shundan kelib chiqqan xolda yurtdoshlarimizning Koreyada qanchalik qonunlarga amal kilib yurishlari keyingi kelmokchi bo‘lgan va kelayotgan yurtdoshlarimiz uchun zamin yaratib beradi.

Maqolani Keimyung Universiteti Biznes Boshqaruvi Magestraturasi bitiruvchisi Usmanov Ulug‘bek Janubiy Koreya immigratsiyasi tomonidan taqdim qilingan statistik ma’lumotlar asosida tayyorladi. (Manba: www.hikorea.go.kr)