Koreya Respublikasining Toshkentdagi Ta’lim markazi 22-oktyabr kuni koreys tili bo‘yicha 54-xalqaro TOPIK imtihoni o‘tkazishini e’lon qildi.

Imtihonni o‘tkazishdan maqsad: Mazkur test sinovlari – S-TOPIK barcha xohlovchilar uchun koreys tili bo‘yicha bilim darajasini aniqlashga yordam beradi. Test sinovlari natijalari Koreya Respublikasida ta’lim olish uchun grantlarga hujjat topshirish imkoniyatini beradi.

Imtihon darajasi va o‘tkazish vaqti:

TOPIK Ⅰ 9:40~11:20 (100 min), 1, 2-daraja – Eshitish, tushunish, xulosa chiqarish va maishiy suhbatda murakkab bo‘lmagan iboralarni tushunish qobiliyati.

TOPIK Ⅱ 12:50~14:40 1-tur (110 min), 15:10~16:20 2-tur (70 min), 3, 4, 5, 6- daraja – Tushunish hamda iqtisodiy, ijtimoiy leksikadan foydalangan holda xulosalar chiqarish qobiliyati. Taqriz, qo‘llanma, ma’lumotnomalar, gazeta maqolalarini o‘qish, tushunish va yozish qobiliyati.

Hujjatlarni topshirish muddatlari, joylari va hududlari:

Internet registratsiya muddatlari: Toshkent – 2017-yil 7-iyuldan 17-iyulgacha. TOPIK Ⅰ 850 kishi, TOPIK Ⅱ 850 kishi. Imtihon raqamini olish muddatlari: Koreya Respublikasi Ta’lim markazida 26-iyuldan 4-avgustgacha soat 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 12:00 dan 13:30 gacha).

Internet registratsiya muddatlari: Samarqand – 2017-yil 7-iyuldan 17-iyulgacha. TOPIK Ⅰ 180 kishi, TOPIK Ⅱ 180 kishi. Imtihon raqamini olish muddatlari: Samarqand chet tillar institutida 26-iyuldan 4-avgustgacha soat 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 12:00 dan 13:30 gacha).

Internet registratsiya muddatlari: Urganch – 2017-yil 7-iyuldan 17-iyulgacha. TOPIK Ⅰ 130 kishi, TOPIK Ⅱ 130 kishi. Imtihon raqamini olish muddatlari: Urganch davlat universitetida 19-iyuldan 25-iyulgacha 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 12:00 dan 13:30 gacha).

Internet registratsiya muddatlari: Farg‘ona – 2017-yil 7-iyuldan 17-iyulgacha. TOPIK Ⅰ 330 kishi, TOPIK Ⅱ 330 kishi. Imtihon raqamini olish muddatlari: Farg‘ona davlat universitetida 19-iyuldan 25-iyulgacha 9:00 dan 18:00 gacha (tushlik 12:00 dan 13:30 gacha).

Imtihon raqamini olish joyi – Koreya Respublikasi huzuridagi Ta’lim markazi, Toshkent.

Internetda ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng to‘lovni amalga oshirish va imtihon raqamini olish shart.

Internet registratsiyasisiz imtihon raqamini olib bo‘lmaydi.

O‘rinlar soni cheklangan, eng ko‘p talabgor to‘planishi bilan hattoki 17-iyul kelmagan bo‘lsa ham internet registratsiya to‘xtatiladi.

TOPIK uchun ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma:

1. Koreya Respublikasi Ta’lim markazi saytiga (www.tashkec.uz) kirish va “Registratsiya na TOPIK” bo‘limini tanlash

2. Barcha bandlarni pasport ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldirib chiqish.

※ “Izobrajeniye” bo‘limiga rasmni yuklash va saqlash tugmasini bosish (foto hajmi – 3×4 sm, so‘nggi uch oyda tushirilgan bo‘lishi kerak)

3. Ma’lumotlar saqlanganidan so‘ng ekranda to‘ldirilgan anketa va kvitansiya paydo bo‘ladi. Ularni tekshirib ko‘rib, chop etish kerak. Xato aniqlangan taqdirda “Redaktirovat” tugmasini bosib, tahrirlash lozim.

4. Imtihon raqamini o‘z vaqtida olish uchun mazkur anketa, kvitansiya va pasport kserokopiya nusxasini Koreya Respublikasining Toshkentdagi Ta’lim markaziga taqdim etish lozim. Bu yerda mas’ul shaxs individual imtihon raqamini taqdim etadi.

Imtihon pulli asosda o‘tkaziladi.

Diqqat!!! 6-darajani olgan O‘zbekiston fuqarolariga stipendiya berish rejalashtirilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni (+99871) 291-81-83(82) (ichki raqam:119) raqami orqali olish mumkin.

Ta’lim markazi sayti: http://www.tashkec.uz