Toshkentda Janubiy Koreyaning Ulsan universiteti taqdimoti bo‘lib o‘tadi

Toshkentdagi Koreya Respublikasi Ta’lim markazida Janubiy Koreyaning Ulsan universiteti taqdimoti bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Ta’lim markazi Facebook’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Tadbir 18-iyul kuni 16:00 da Ta’lim markazida bo‘lib o‘tadi.
Ulsan universitetiga 1969-yilning 19-fevralida Ulsan texnologiya universiteti sifatida asos solingan. Universitet 1970-yil 16-martdan ish boshlab, 1985 yil 1 martda to‘laqonli universitet darajasiga ko‘tarildi. Janubiy Koreya sharqidagi Ulsan shahrida joylashgan. Oxirgi o‘n yillarda mamlakatdagi eng yaxshi 10 universitet ro‘yxatidan mustahkam o‘rin egallab kelayotgan universitetda 10,5 ming talaba tahsil olayotgan bo‘lsa, ularning 400 nafarga yaqini chet elliklardir. Universitet dunyoning 23 davlatidagi 99 ta OTM bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatgan.
Ulsan universitetida koreys tilini o‘rganish kurslari, bakalavr, magistratura va doktorantura yo‘nalishlarida tahsil olish imkoniyati mavjud.
5 фикр
Janubi kareyaga borganlar til bilmasligi uchun jeto’n to’xtatildimi unday bolsa chor ko’rinlar mani fikrim urvini yani TOPIK gi borlarga imtixon qilsin TOPIK gi borlar aniq tildi bilada va sizni ishonchizni oxlaydi o’qip yurganlar juda kop xechkim ketkani yoq. Iltimos xarakat qilinglar
저도 그렇개 셍각했어요.빨리 빨리 재턴 나가면 좋겠어요
Salom man Koreyga Oqishim uchun kerakli xujatlani qado tayyorlasam boladi
Man blan boglaning +998911500405
koreada o`qish uchun qanday hujjatlar kerak bo`ladi aniq malumotlar kerak iltimos