1953 yili tugagan Koreya urushi (taraflar tinchlik shartnomasini imzolamagan, bu faqat vaqtincha tinchlik sulhi edi) Janubiy Koreyani vayron bo‘lgan iqtisod bilan qoldirdi. O‘shanda uning YAIM (Yalpi Ichki Mahsulot) ko‘rsatkichlari Afrika mamlakatlarining aksaridan ham past darajada edi. Bugun esa, uning YAIM ko‘rsatkichlari dunyoning eng yirik iqtisodlarining old qatoridadir. Bundan tashqari, Janubiy Koreyaning tabiiyi resurslari deyarli yo‘q hisob bo‘lib ham, bu darajaga erishdi. Hozirgi vaqtga kelib neftni import qiluvchilar orasida to‘rtinchi o‘rinni egallab kelmoqda.

Bu fenomenga qanday izoh bersa bo‘ladi?

Seulda joylashgan Ixva Ayollar universitetining professori Jasper Kimning aytishicha, bunga asosan uchta omil sabab bo‘lgan:

O‘z kuchingga suyan

Janubiy Koreyada deyarli barcha narsani yo‘q joydan chiqara bilib, unda asosiy va yagona resurs odamlar bo‘lib, asosiy urg‘u shularga berildi.

Hukumat, va aholining o‘zi – ishchi kuchlar yaxshi savodga ega bo‘lishining muhimligini tushunib yetishdi va bu dasturni amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi.

Bu muvaffaqiyat mamlakatda yuqori malakaga ega muhandis va ishchilarning paydo bo‘lishiga, ular esa o‘z o‘rinda ishlab chiqarish tizimiga asos bo‘lishga va bular o‘z navbatida iqtisodning gullab-yashnashiga sabab bo‘ldi.

Maqsad sarf-xarajatlarni oqlaydi

Prezident Pak Chon Xi 1961-yili harbiy to‘ntarish yo‘li bilan iqtidorga keldi. Uning 18 yillik boshqaruvi davrida sanoatlashtirish bo‘yicha keng miqyosli dastur amalga oshirildi. Buning natijasi bugungi kundagi iqtisodning gullab-yashnashiga olib keldi.

Bu bilan birga u kuchli iqtidor tarafdori sifatida ham tarixda qoldi. Biroz vaqt o‘tib u yanada ko‘proq vakolat olish uchun mamlakatida harbiy holatni joriy qildi.

Prezident Pak o‘zining iqtidoridan foydalangan holda korrupsiyachi deb hisoblaydigan boy koreyaliklarni sanoat, xususan kemasozlik korxonalariga pullarini invenstitsiya (pul, mablag‘) tikishga majburlagan.

Professor Kimning aytishicha, hozir Koreyada bunga o‘xshash boshqaruvni tasavvur qilib bo‘lmasa-da, biroq aynan shunday boshqaruv usuli 60-70 yillarda, urushda vayron bo‘lgan iqtisodni ko‘tarish uchun kerak edi.

Prezident Pakning diktatorlik boshqaruviga uning 1979-yil o‘ldirilishi bilan chek qo‘yildi. (So‘nggi yaqin yillar ichida Koreyani uning qizi Pak Kin Xe boshqardi).

Biznes – oilaviy ish

Janubiy Koreyaning iqtisodiy muvaffaqiyati “Chebol” deb nomlangan tizimsiz tasavvur qilish qiyin. Bu yerda gap bir-biridan mustaqil va bir-biriga qaram bo‘lmagan va bir oila yoki yagona ma’muriy va moliyaviy nazorat ostida bo‘lgan guruhlarning firmalari haqida bormoqda.

Janubiy Koreyaning eng mashhur 1938 yilda asos solingan “Samsung” korporatsiyasi Li oilasi nazoratida. Boshqaruv otadan o‘g‘ilga o‘tib keladi.

G‘arbda yirik korporatsiyaning boshqaruv raisi yoki rahbarlar kengashini boshqarish otadan o‘g‘ilga o‘tadi, deyilishi zararli deb tushuniladi. Biroq, koreyslar mentalitetidagi boshqaruvdagi vorislik tamoyili barqarorlikni ta’minlaydi, deb qaralishi Koreya mo‘’jizasining muhim omili sifatida ham ko‘riladi.

Professor Kimning aytishicha, bunday farzandlarni yoshligidan boshqarishga o‘rgatib kelishadi.

Biroq, nima bo‘lganda ham bu kabi yondashuvlar o‘tmishda qolmoqda. Har qanday ishni o‘z egasi qilish kerak.

Bbc.com materiallari asosida Abu Muslim tayyorladi.