Koreya Respublikasi Ta’lim markazi koreys tili kurslariga qabul haqida e’lon berdi

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Ta’lim markazi 2017 yil 2-semestriga koreys tili kurslari uchun tinglovchilar qabuli haqida e’lon qildi.
1-kurs uchun arizalarni qabul qilish:
Sana: 16-23 avgust, www.tashkec.uz saytida ro‘yxatga olinadi.
Kompyuter qur’asi o‘tkaziladigan sana: 25 avgust (15:30 da).
1-kursga qabul qilinganlar ro‘yxati 28 avgust kuni 10:00 da e’lon qilinadi. Ro‘yxat Ta’lim markazi e’lonlar taxtasi va www.tashkec.uz saytida e’lon qilinadi.
2- va undan yuqori kurslar uchun arizalar qabul qilish:
21-23 avgust kunlari soat 09:00 dan 17:00 gacha (12:00- 13:30 tushlik vaqti) Ta’lim markazi binosi 1-qavat 100-auditoriya.
– ariza topshirish uchun 1 dona pasport nusxasi (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma);
– rangli surat (3x4mm) – 4 dona.
– koreys tili kurslari sertifikati yoki TOPIK sertifikati.
(Ariza shaklini www.tashkec.uz saytidan ko‘chirib olish mumkin).
2-semestr koreys tili kurslarining ochilish marosimi 31 avgust kuni 15:30 da boshlanadi.
Mashg‘ulotlar 4 sentyabrdan jadval bo‘yicha o‘tkaziladi.
Kurslarga 13 yoshdan katta bo‘lganlar qabul qilinadi. 1-kursdan boshqa barcha bosqichlarga kirish uchun koreys tili kurslari sertifikati yoki TOPIK sertifikati talab qilinadi.
Koreya Respublikasida o‘qishga ketuvchi talabalar uchun guruhga Ta’lim markazi 6-kursi bitiruvchilari yoki TOPIK 3 va undan yuqori daraja olgan talabalar qabul qilinadi.
Qur’a natijalari to‘g‘risida telefon orqali ma’lumot berilmaydi.
Mashg‘ulotlarning birinchi kunida qatnashmagan, shuningdek 3 ta mashg‘ulotni qoldirgan, semestr davomida o‘qishni tashlab ketgan tinglovchilar guruhlardan chetlatilib, keyingi semestr uchun hujjat topshirish huquqidan mahrum etiladi.
Koreys tili kurslariga ro‘yxatga o‘tish uchun:
1. Koreya Respublikasi Ta’lim markazi saytiga (www.tashkec.uz) kirib, “Registratsiya na kursы koreyskogo yazыka” (“Koreys tili kurslariga ro‘yxatdan o‘tish) bo‘limini bosish;
2. Barcha bandlarni pasport ma’lumotlari bo‘yicha to‘ldirish, “Izobrajeniye” (“surat”) bo‘limiga rasmni (rasm hajmi 3×4 sm, olti oy muddat ichida tushirilgan bo‘lishi kerak) yuklash va saqlash;
3. Saqlashdan keyin ekranda to‘ldirilgan anketa paydo bo‘ladi. Uni yana bir marta tekshirib, chop etib olish kerak (Xato aniqlangan taqdirda “Redaktirovat” (“Tahrirlash”) tugmasini bosib, to‘g‘irlash lozim);
4. Birinchi mashg‘ulotda mazkur anketa, pasport (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma) nusxasini, 2 ta fotosuratni (3×4 sm) Koreyya Respublikasi Ta’lim markaziga topshirish talab etiladi.
Manzil: Toshkent, Mirobod tumani, Tallimarjon ko‘chasi 3-uy (mo‘ljal: “Elektroapparat” zavodi, Risovыy bozor).
Qo‘shimcha axborotlar uchun telefon raqami.: 291-81-82(3).
Sayt : http://tashkec.uz
11 фикр
koriyada o‘vishnu xoxlayman
sizdan qachon javob olaman
Ассаломуалайкум мен хозир Россияда эдим, кандай килиб житон олсам буладими
Oka rassiyadan turb koreyaga yoki kitayga ishlagani bora olmaysiz
korey tilini organ moqchiman kimga boriwi bilmiman ,maslahat ,, zor orgatadigan repititr bosa manga etila
Assalomu alaykum men regisrassa qilib qoyganman samarqandga 15-kuni boladigan topik imtixoniga .shu joyni mannzili kerak .iltimos
Salom toshkentga kelganizda shu nomerga tel qlin +998943628757 manzilizga oborib qoyadi
Assalomu alaykum men regisrassa qilib qoyganman samarqandga 15-kuni boladigan topik imtixoniga .shu joyni mannzili kerak .iltimos
Salom men hujjatlar bilan bog’liq masalada murojat qilyabman bizdan nimalar talab qilinadi.Talim yoki boshqa harajatlar haqida ham malumot bersangiz.
Koreyada til kursi qilmoqchiman tel nomerim +998936843393 iloji boricha tezroq ma’lumot kerak
Telex viza chiqishti boshladimi