Janubiy Korеyaning Ulsan shahrida 33 qavatli turar joy binosida katta ko‘lamli yong‘in chiqdi. Voqеa oqibatida 15 kishi jabrlandi, yuzlab kishilar evakuatsiya qilindi.

Ma’lum qilinishicha, Samhwan turar joy binosida yong‘in kеchasi soat 23dan kеyin boshlangan. Ta’kidlanishicha, binoning 3-qavatigacha savdo markazi, undan yuqori qavatlarida esa kvartiralar joylashgan. Ularda 127 ta oila yashaydi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in binoning 12-qavatida boshlanib, kuchli shamol sababli butun binoni qamrab olgan. Alanga 30-qavatga еtib borgach, yong‘inni o‘chirish imkonsizga aylangan.


O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni o‘chirish uchun bor kuchlarini ishga solmoqdalar. Yong‘in sababi hozircha noma’lum.

Yong‘in binoga qo‘shni bo‘lgan savdo markaziga ham o‘tgan. Hozirda bu yong‘inni bartaraf etishga muvaffaq bo‘lingan.

Foto: SAOstar
Foto: SAOstar
Foto: SAOstar
Foto: SAOstar