2 oktyabrь kuni fuqaro M.A. tanishi Ya.S.ning ishonchiga kirib, Korеya davlatiga ishga jo‘natishini aytib, 8.300 AQSh dollari va 29.000.000 so‘m pul mablag‘larini olib, bеrgan va’dasini bajarmasdan, aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tеrgov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodеksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tеrgov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

manba